MODDALAR ALMASHINUVI

MODDALAR ALMASHINUVI, metabolizm — tirik organizmlarning o’sishi, hayot faoliyati, ko’payishi, tashqi muhit b-n munosabatlarini do-imiy ta’minlaydigan kimyoviy o’zgarishlar majmui. M.a. tufayli xujayra tarkibi- ga kiradigan molekulalar parchalanadi va sintezlanadi, hujayra strukturala- ri va hujayralararo moddalar hosil bo’ladi, emiriladi va yangilanadi. Mas, odamda barcha to’qima oqsillarining yarmisi taxm. 80 sutkada parchalanib, yangidan hosil bo’ladi; jigar va qon zardobidagi oqsillarning yarmi har 10 kunda, muskul oqsillari 180 kunda, ay- Rim jigar fermentlari xar 2-4 soatda yangilanib turadi. M.a. energiya Alma- shinuvi b-n chambarchas bog’langan bo’lib, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Hujayralarda sodir bo’ladigan M.a. b-n energiya almashinuvi biologik kata- lizatorlar — fermentlar ishtirokida amalga oshadi. Energiya almashinuvida murakkab organik molekulalardagi ki- myoviy bog’lar shaklida mavjud bo’ladigan potentsial energiya kimyoviy o’zgarishlar tufayli hujayra strukturasi va funk- tsiyasini, tana haroratini saqlab turish, ish bajarish va b. jarayonlar uchun sarf bo’ladigan energiyaga aylanadi. M.a. hujayrada bir vaqtning o’zida kechadigan va o’zaro bog’liq bo’lgan ikki jarayon — anabolizm va katabolizmaan iborat. Katabolik jarayonlarda murak- kab molekulalar oddiy molekulalarga parchalanib, ko’p mikdorda energiya AJ- raladi. Bu energiya maxsus kimyoviy ener- giyaga boy makroergik bog’lar, asosan, adenozintrifosfat kislota (ATF) va b. molekulalar shaklida jamg’ariladi. Ka- tabolik o’zgarishlar, odatda, gidrolitik va oksidlanish reak-tsiyalari natijasida amalga oshadi. Bu reaktsiyalar kislorod- siz (anaerob yo’l — glikoliz, bijg’ish) hamda kislorod ishtirokida (aerob yo’l — nafas olish) sodir bo’ladi. Ikkinchi yo’l EVO-lyusion nuqtai nazardan ancha yosh va energetik jihatdan ancha samara- li bo’lib, unda organik moddalar SO2 va suvgacha to’liq parchalanadi. Hujayrada katabolizm va anabolizm reaktsiyalari bir vaqtda kechadi; kata- bolik o’zgarishlarning oxirgi bosqichi anabolizmning boshlang’ich reaktsiyalari hisoblanadi. Birok, M.a.ning anaboli- tik va katabolitik yo’llari o’zaro mos kelmaydi. Mas, glikogenning laktat kislotagacha parchalanishida 12 ta Fer- ment ishtirok etib, ularning har biri bu jarayonning alohida bosqichini ka- talizlaydi. Glikogenning laktat kis- lOtadan hosil bo’lishi jarayoni esa 9 ta fermentativ reaktsiyalardan iborat bo’lib, ular tegishli katabolik reaktsiya- larning aksi hisoblanadi. Xuddi shunga o’xshash oqsillar b-n aminokislotalar yoki yog’lar b-n faollashgan atsetat kislota o’rtasida kechadigan anabolik va katabo- lik re-aktsiyalar xam o’zaro mos kelmay- Di. M.a.ning reaktsiyalari hujayraning ma’lum qismlari — kompartamentlarda amalga oshadi. Mas, glikoliz jarayoni hujayra tsitoplazmasida, gidrolitik parchalanish reaktsiyalari — lizoso- malarda, lipidlarning hosil bo’lishi silliq endoplazmatik to’rda, oqsillar biosintezi ribosomalarda ro’y beradi. M.a.ning umumiy bosqichlari bir-biri b-n doimo bog’langan bo’ladi. M.a.ning asosiy oraliq moddasi piruvat kislota uglevodlar, lipidlar va oqsillar Alma- shinuvi reaktsiyalarini o’zaro bog’lab tu- radi. Barcha tirik organizmlar uchun xos bo’lgan hujayra darajasidagi M.a., aso- san, bir xil usulda boshqariladi. Bunda biokimyoviy jarayonlarning jadalligi va yo’naltirilganligi Fer-mentlar faol- ligiga ta’sir ko’rsatish, ularning hosil bo’lishi yoki parchalanishini boshqarish orqali amalga oshadi. Yuksak daraja- da rivojlangan organizmlarda M.a. qo’shimcha boshqaruv me-xanizmlariga ega. M.a. nerv sistemasi orqali va gormonal yo’l b-n ham boshqarib turiladi (yana q. Assimilyasiya, Dissimilyasiya).