AMPIR

AMPIR (Fransuzcha empire — imperiya) — me’morlik va bezak san’atida 19-asr boshlarida vujudga kelgan hamda klassisizm rivojini nihoyasiga yetkazgan uslub. Shakllarning mahobatligiga, bezaklarning jozibadorligiga (nishon, naqshlarda) erishildi. Qadimgi Rim, Yunoniston va Misr badiiy merosiga tayangan holda, yangi mavzular bilan rivojlantirishda davlat va harbiylar qudratining ramzi bo’lib xizmat qildi. Ampir uslubi birinchi marta Frantsiyaning Napoleon I imperiyasi davrida shakllandi (masalan, Parijda hozirgi de Goll maydonidagi Zafar toqi, 1806-37; me’mori J. F. Shalgren). Unda Napoleon harbiy diktaturasiga suyangan burjua doiralarining g’oyalari va estetik qarashlari ifoda ettirilgan. O’zbekistonda S. Polupanov, A. Sidorov, V. Arxangelskiy, A. Shchusev, M. Bulatov, A. Boboxonov kabi me’morlar ijodida (masalan, Toshkent shahridagi Navoiy teatri, 1940 va boshqalar) Ampir uslubi o’z ifodasini topgan.