ANAPLAZIYA

ANAPLAZIYA (Yunoncha ana — teskari, plasis — tuzilma) — to’qima va hujayralarning norma va patologiyada differentsiallanmagan holatga qaytishi, bunda ular o’ziga xos funktsiyalarini o’tamay qo’yib, cheksiz o’sadigan bo’lib qoladi, hujayralar aynib, o’sma hosil qilayotganda ro’y beruvchi o’zgarishlar majmui, odatda, Anaplaziya deb ataladi. Belgilari: hujayra yadrolarining kattaligi, shakli va tuzilishi o’zgaradi, ba’zan ularda bir necha yadrochalar paydo bo’ladi; hujayralarning differentsiasiyalanishi susayadi, fizik-kimyoviy va biokimyoviy xossalari buziladi, ular tez ko’payadi va hokazolar.