ANGEMITON TOVUSHQATOR
ANGEMITON TOVUSHQATOR (Yunoncha an — inkor yuklamasi, hemi — yarim va tonos — ton) — musiqada yarim tonliksiz tovushqator va o’zga tuzilmalar. Bular odatda xalq, xususan Sharq kuylarida keng uchraydi. O’zbek mumtoz musiqasida daromaddan o’rta avjga, o’rta avjdan — katta avjga o’tish chog’larida kuzatiladi.