ANGIDRIT

ANGIDRIT — sulfatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CaSO4. Rombik singoniyali. Qattiqligi 3,5—3,8. Sof og’irligi 2,9—3,0. Mo’rt. Rangsiz yoki oq, ba’zan och havo rang, kulrang, qizg’ish, ko’k. Shishasimon yaltiroq. Angidrit cho’kindi jinslar orasida, ayniqsa dolomitlashgan ohaktoshlar ichida ko’p uchraydi. Tabiatda Angidrit zich massa yoki qatlam-qatlam holda uchraydi; ba’zan gidrotermal ertomirlarda ham bo’ladi. Zangori mayda donali Angidrit vulpinit yoki bergam marmari deb ataladi. Angidrit bog’lovchi modda. O’g’it, tsement, bezak buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Angidrit Namlikni shimib yana osongina gipega aylanishi va o’z hajmini 30% gacha kattalashtirishi mumkin. Angidrit konlari Rossiya, Ukraina (Donbass, Karpatol-Di) va boshqa joylarda bor. Angidritning katta zaxiralari O’zbekistonning Qashqadaryo viloyatida va Olmaliq atroflarida topilgan.