Avtoritarizm

Avtoritarizm (lotincha auctoritas-hokimiyat)-davlatni idora qilish usuli. Avtoritarizmda siyosiy hokimiyat hukmdor shaxsning yoki yetakchining siyosiy irodasi va qarorlari asosida amalga oshiriladi. Avtoritarizm siyosiy hokimiyat shakli sifatida avtokratiya va diktatura bilan uyg’unlashib ketadi. Atama Frankfurt maktabi vakillari tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Avtoritarizm haqiqiy demokratiyaning yo’qligini anglatadi.