Anjoma

Ma’nosi

Anjoma (forscha temir libos)-ot-ulov abzallaridagi metallik qismlarning umumiy nomi (ayil, no’xta, uzangi, yugan, o’mildiriq, quyushqon kabilar). Yupqa temir tunukadan qirqib yasaladi. Ko’pincha Anjoma yuziga kumush yoki oltin chopila o’rnatiladi. Buning uchun Anjoma yuzini egovlab yoki qalamcha va bolg’a bilan chekib tishlar chiqariladi. Bu tishlarning o’yiq (ariqcha)lariga mayda kumush yoki oltin similar yotqizib, ustidan bolg’a urilsa, similar o’rnashib, naqsh paydo bo’ladi. So’ngra Anjoma yuzini silliqlab jilo beriladi.

O‘xshash so‘zlar

A harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar