Arxeologiya yodgorliklari
Arxeologiya yodgorliklari-arxeologik tadqiqotlarning ob’yekti sifatida xizmat qiluvchi, yerning usti va ostida saqlanib qolgan qadimgi inshootlar va buyumlar. Arxeologiya yodgorliklari moddiy tarixiy manbalar bo’lib, ularni o’rganish bilan kishilik jamiyatining o’tmishi yoritiladi. Arxeologiya yodgorliklari kishilik tarixining yozma tarixgacha bo’lgan eng qadimgi davrini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.