Bug’rolar

Bug’rolar (turkcha)-Qoraxoniylar xoqonligining g’arbiy qismi (Yettisuv, Qashqar va Janubiy Qozog’iston)ni xoqon nomidan idora qilgan sulola xonlarining unvoni (X-XI asrlar). “Bug’ra” so’zining o’zi og’ir yuk ko’taruvchi bichilgan tuya bo’lib, yag’mo qabilasining totemi hisoblangan. Bug’rolarning yirik vakillari Abdulkarim Sotuq Bug’roxon va uning nabirasi Horun ibn Muso davrida Yettisuv va Qashqardagi ko’pchilik turkiy xalqlar islom dinini qabul qilganlar.