Diplomatika
Diplomatika (fransuzcha diplome, yunoncha diploma-ikkiga buklangan hujjat, diploo-ikkiga buklayman so’zidan)-tarixiy aktlarni, hujjatlarni o’rganuvchi yordamchi tarix fani. Diplomatika tarixiy manbashunoslikning maxsus bo’limi bo’lib, huquqiy qonunda belgilangan hujjatlarning mazmunini o’rganadi. Tarixiy manbashunoslikda hujjat tushunchasi deyarli barcha yozma tarixiy manbalarni o’z ichiga oladi. Aktlar, hujjatlar, vaqflar, hukmdorlarning farmoyishlari, qozixona hujjatlari, davlat ish yuritish hujjatlari, vasiqalar, mashhur shaxslarning maktublari, munshaot, ruq’a, memuarlar, kundaliklar, yilnomalar Diplomatika fanining tadqiqot ob’yekti hisoblanadi. Diplomatika termini XIV-XV asrlarda muomalag kiritilgan. Dastlab ayrim hujjatlarga nisbata qo’llanilgan bo’lsa, XVIII asrga kelib barcha turdagi hujjatlarni o’rganish ham Diplomatika deb yuritila boshlandi.