DIPLOMATIK AKT

DIPLOMATIK AKT — davlatlar o’rtasida olib borilgan diplomatik muzokara yoki maxsus konferentsiya qarori. Diplomatik akt shartnoma, bitim, pakt, Konventsiya, protokol, deklarasiya, ustav, statut kabi turli nomlar bilan atalishiga qaramay, yagona yuridik ahamiyatga ega. Diplomatik aktning keng tarqalgan shakli — sulh, o’zaro yordam va savdo to’g’risidagi xalqaro shartnomalardir. Bayonot, memorandum ham Diplomatik akt hisoblanadi.