DENIKIN ANTON IVANOVICH

DENIKIN ANTON IVANOVICH [1872.4(16).12, Varshava yaqinida — 1947.8.8, Ann Arber, Michigan shtati, AQSh] — harbiy arbob, rus armiyasining general-leytenanti (1916). Oklar harakatining mashhur arboblaridan. 1918 yil aprelda ko’ngillilar armiyasining qo’mondoni, oktabrda bosh qo’mondoni, 1919 yil yanvarda Janubiy Rossiya Qurolli kuchlarining bosh qo’mondoni. Bu kuchlarga Ko’ngillilar armiyasi, don va Kuban kazak qismlari, Kavkaz armiyasi, Qrim korpusi, qora dengiz floti kirgan edi. Sovet hokimiyatiga qarshi murosasiz kurashgan Denkin qo’shinlari 1919 yil yozi-kuzida g’alabalarga erishdi, lekin 1919 yil kech kuzda Moskva atrofida va 1920 yil boshlarida shimoliy Kavkazda bo’lgan janglarda kizil askarlar ularni mag’lubiyatga uchratdi. 1920 yil 22 martda Denkin qo’mondonlikni Vrangelga topshirdi va aprelda Rossiya (Qrim)dan chet elga jo’nab ketdi. Ilmiy ishlari rus-yapon urushi va oklar harakati tarixiga oid. As: Denikin A. I., Ocherki russkoy smuti, t. 1, kn. 1, 2; Krushenie vlasti i armii, fevral-sentyabr 1917 g., M., 1991.