DENITRIFIKASIYALOVCHI BAKTERIYALAR

DENITRIFIKASIYALOVCHI BAKTERIYALAR — nitratlarning molekulyar azotgacha qaytarilishi jarayonida qatnashuvchi bakteriyalar. Asosan tuproq, suvda va suv havzalari gruntlarida tarqalgan. Tuproqda uchraydigan denitrifikatorlarning asosiy turlari — Pseudo-monas, Bacillus, Achromobacter va Micrococcus. Barcha Denitrifikasiyalovchi Bakteriyalar aeroblar, ular organik moddalarni havo kislorodi hisobiga, anaerob sharoitda esa nitratlarning kislorodidan foydalanib oksidlaydi. Denitrifikasiyalovchi Bakteriyalar nitratli va nitratlarning kaytarilishida rangini o’zgartiruvchi indikatorli ozuqada o’stiriladi.