Mitropolit
Mitropolit (yunoncha metropolites)-xristian cherkovida eng qadimgi unvon. Dastlab Rim imperiyasi provintsiyalarining bosh shaharlari ma’muriy markazlarida joylashgan xristian cherkovlari yepiskoplariga berilgan. Ilk bor xristianlarning I Butunjajon Sobori (325) qoidalarida tilga olingan. Provintsiyalardagi yepiskoplar sobori Mitropolit yetakchiliga o’tgan. Keyinchalik pravonslav cherkovida oliy diniy unvon. Patriarxdan keyingi ikkinchi martaba.