Mursak
Mursak (arabcha-ziynatlangan, bezatilgan), murassa-avra-astarli, un yengli, qadimgi ustki kiyim. Bichig’i to’g’ri bichimli, to’n yoqali, oldi chuqurroq o’yilgan, etak barlari bir-biriga kirgan, ikki yon tomonida mayda burmalarga yig’ilgan. Mursak chetlari jiyaklar bilan hoshiyalangan. Mursak baxmal, parcha, kimxob, adras, shoyi (astari shoyi, ip matolar)dan tayyorlangan. Mursakning ichiga yupqa paxta solib qavilgan (qishki) hamda yalang qavatli (avra-astardan iborat yozgi) turlari bor. Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan, hatto qizlarning sepiga kiritilgan. Ko’ylakning ustidan kiyilgan, beliga belbog’ bog’langan. XIX asrgacha ayollar uchun ustki kiyim va yopinchiq vazifasini bajargan, keyinchalik to’y va azalarda foydalanilgan.