Musannaf

Musannaf (arabcha-tanlab olingan, tanlangan)-hadis to’plamlarining maxsus turi. Unda hadislar musnad turidagi to’plamlardan farq qilgan holda mavzular bo’yicha to’plangan bo’ladi. Shuning uchun ma’lum soha yoki mavzuga oid hadisni qidirib topish Musannaf to’plamlarida nisbatan osonroq. Musnad tarixan ilgariroq, Musannaf esa keyinroq vujudga kelgan. Imom Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj, Ibn Moja, Abu Dovud, Iso Termiziy, Imom Nasaiyning hadis to’plamlari Musannaf turidagi to’plamlarning mashhurlaridan hisoblanadi.