Mustahab
Mustahab (arabcha-sevilgan, yoqtirilgan)-shariat amal; uni bajargan kishi savobli bo’ladi, bajarmagan kishi gunohkor bo’lmaydi. Shar’iy hukmlar kitoblarida mo’min-musulmonlar qilishlari ma’qul bo’lgan o’nlab Mustahab amallar (nafl namozlarini o’qish, nafl ro’zasini tutish, sadaqalar berib yurish, turmushda oddiy odob qoidalariga rioya etish, atrofdagi odamlar uchun turli foydali ishlar qilish va hokazolar) ko’rsatib o’tilgan.