ONIXIYA
ONIXIYA (Yunoncha onyx, onychos — tirnoq), onixoz — qo’l-oyoq tirnoklarining kasalligi; bunda tirnoq plastinkasining rangi uzgarib, rang-barang dog’va hoshiyalar paydo bo’ladi, tirnoqning shakli o’zgaradi, qalinlashadi yoki yupqalashadi, yuzi g’adir-bu-dir bo’lib qoladi, kundalangiga yoki uzunasiga ketgan egatlar vujudga kelib, tirnoq joyidan kuchadi. Onixiya tug’ma bo’lishi yoki turli sabablar bilan (masalan, tirnoq plastinkasi yoki tirnoq falangasining shikastlanishi natijasida) kelib chiqishi mumkin. Trixofitiya, kal yara zamburug’lari, shuningdek, stafilokokk va streptokokklar. Onixiyaga sabab bo’ladi. Ichki a’zolar, nerv sistemasining turli kasalliklari, moddalar almashinuvinchng buzilishi, ichki sekresiya bezlari kasalliklarida, shuningdek, teri kasalliklaridan ba’zilari (ekzema, psoriaz va boshqalar)da ham Onixiya kuzatiladi.