Maharoja

Maharoja (sanskritcha — ulug’hukmdor), maharana, maharao — Hindistondagi mustaqil viloyat hokimlarining unvoni. Maharojadan kichik va tobe hokimlar roja deyilgan. Maharojalar hokimiyati Hindiston mustaqilligining boshlang’ich yillarida ham saqlangan. 1956 yil qonun bo’yicha Maharojalar siyosiy hokimiyatdan mahrum qilingan va ularga nafaqa tayinlangan. 1971 yilda hukumat Maharojalar nafaqasini bekor qilgan.