ANEMOGRAF
ANEMOGRAF, anemorumbograf (Yunoncha anemos — shamol, gropho — yozaman) — shamol tezligi va yunalishini qayd qiluvchi o’ziyozar asbob. Shamol tezligini ham sezuvchi qism vazifasini anemometr, yunalishini ko’rsatuvchi qism vazifasini esa flyugerka (pirpirak) o’taydi. Anemograf sezuvchi qismlarining ko’rsatishi qayd qiluvchi qismga elektr toki yordamida (tutashma Anemograf), ba’zan, mexanik va manometrik usullarda o’tkaziladi.