ANEMOFILIYA

ANEMOFILIYA (Yunoncha anemos — shamol va phileo — sevaman) — shamol orqali changlanish, o’simlik changdonidagi changning urug’chi tumshug’iga yoki urug’-kurtakka shamol vositasida kelib tushishi. Anemofiliya eman, qayin, qayrag’och kabi daraxtlarda, arpa, bug’doy, makkajo’xori va ochiq-urug’li o’simliklarsa bo’ladi.