“Sho’roi Islom”
“Sho’roi Islom” — siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy gazeta. “Sho’roi islomiya” jamiyatining nashri. 1917 yil 16 mayda Toshkent shahrida haftada 2-3 marta chop etilgan. Muharriri A. Battol. Gazetada Ismoil Obidiy, Nushervon Yovushev, Olim Boyburov, Munavvarqori Abdurashidxonov, Shokirjon Rahimiy va boshqalar ziyolilar faol qatnashgan. Gazetaning asosiy maqsadi aholining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat bo’lgan. Gazeta 1917 yil iyunda moddiy muammolar tufayli o’z faoliyatini to’xtatishga majbur bo’lgan. Gazetaning 2 ta soni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasining noyob kitoblar bo’limida saqlanadi.