Jo’ra qayroq avlodi

Jo’ra qayroq avlodi – g’ijduvonlik xalq qo’g’irchoqbozlari: 1) Jo’ra qayroq (1796-1898) — mashhur xalq qo’g’irchoqbozi, raqqos (qayroq bilan raqsga tushgan, laqabi shundan), surnaychi, qo’g’irchoqbozlar to’dasining raqbari; 2) Hamro (1818-1910) —”chodir jamol” xalq qo’g’irchoq teatrining taniqli ustasi, an’anaviy “Kachal polvonning sarguzashtlari” xalq komediyasini yaratgan; 3) Narzullo (1908-62) — xalq qo’g’irchoqbozi. O’z to’pi bilan “dangasa yer va Zarbdor xotin” komediyasini yaratgan; 4) Nasrullo Hamroyev (1936) — xalq qo’g’irchoqbozi. Xalq qo’g’irchoq teatrini hozirgi zamon talablari darajasida rivojlantirishga intiladi. 1966 yilda an’anaviy syujetlar asosida yozilgan “Kachal polvon uylanadi” (M. Xalil), “Laqma laycha” (H. Rahmat, T. Mahramov), “Quyonboyning tug’ilgan kuni” (B. Omonov) va boshqa pyesalar sahnalashtirildi. Ad.: Qodirov M., Xalq qo’g’irchoq teatri, T., 1972. Muhsin Qodirov.