Jinoyat ishini to’xtatish

Jinoyat ishini to’xtatish – dastlabki tergov va surishtiruvni to’xtatish. Sudya — ajrim, tergovchi, prokuror — qaror chiqarib, ayblanuvchining qaerdaligi noma’lum bo’lgan, u ruhiy yoki boshqa og’ir, davomli, lekin davolab bo’ladigan kasallikka chalingan yoxud jinoyatchi aniqlanmagan hollarda jinoyat ishini vaqtincha to’xtatadi. Bu davrda tergovchi jinoyatchini aniqlash va qidirish ishini davom ettiradi. Tergovni tamomlashga to’sqinlik qiluvchi holatlar (Masalan, taftish yoki ekspertizaning cho’zilishi, guvohlarning yo’qligi va boshqalar) Jinoyat ishini to’xtatish uchun asos bo’la olmaydi. Ish to’xtatilgan davrda jinoiy javobgarlikka tortish muddati o’tib ketsa, ish butunlay tugatiladi (O’zR JPK, 364-370-moddalar).