Jinoyat ishini tugatish
Jinoyat ishini tugatish – dastlabki tergov, surishtiruv olib borilayotgan yoki sudda ko’rilayotgan ishning hukm chiqarilmay tugatilishi. Jinoyat yuz bermagan; mazkur qilmishda jinoyat tarkibi bo’lmagan; jinoiy javobgarlikka tortish muddati o’tgan; amnistiya e’lon qilinib, unda mazkur jinoyat uchun jazo qo’llanmasligi ko’rsatilgan; ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan; qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo’qotgan; shaxs vaziyat o’zgarishi bilan ijtimoiy jihatdan xavfli bo’lmay qolgan; u qilmishiga chin ko’ngildan pushaymon qilgan va boshqa hollarda jinoyat ishi tugatiladi. Bu holatlarning birontasi avvaldan ma’lum bo’lsa, jinoyat ishi qo’zg’atilmaydi. Jinoyat ishini tugatish haqida tergovchi — qaror, sud — ajrim chiqaradi. Manfaatdor shaxs yoki tashkilot bunday qaror (ajrim) ustidan 5 kun ichida prokurorga (yuqori sudga) shikoyat qilishi mumkin (O’zR JPK, 373-374, 401-moddalar).
O‘xshash so‘zlar
- JINS
- JINS
- Jins (Jeans) Jeyms Xopvud
- Jins bilan birikib irsiylanish
- Jins hosil qiluvchi minerallar
- Jinsiy bezlar, gonadalar
- JIQ-JIQ
- JIRAF


