Jiklyor

Jiklyor (Fransuzcha gicler — purkash, to’zitish) — ichki yonuv dvigateli tsilindrlariga beriladigan yonilg’i (havo) miqdorini cheklaydigan va me’yorlaydigan detaldagi kalibrlangan teshik. Karbyuratorda bo’ladi. Asosiy, qo’shimcha, salt yurish, ekonomayzer, tezlatkich va havo Jiklyorlari bor. Asosiy va qo’shimcha Jiklyorlar to’zituvchi naychaga beriladigan yonilg’ini, salt yurish Jiklyori salt yurish kanallariga beriladigan yonilg’ini, ekonomayzer Jiklyori ekonomayzerdan, tezlatkich Jiklyori tezlatish nasosidan keladigan yonilg’ini, havo Jiklyori salt yurish tizimi kanaliga beriladigan havoni cheklab va me’yorlab turadi.