Jannatqushlar
Jannatqushlar (Paradiseidae) -chumchuqsimonlar turkumining oilasi. Pati juda chiroyli, yaltiroq. Narilarining “bezatuvchi” pati uzun bo’ladi. 43 turi ma’lum. Molukka yarim oroldan to Luiziada arxipelagigacha bo’lgan joylarda va Sharqiy Avstraliyada yashaydi. Jannatqushlar qorayaloqdan quzg’ungacha kattalikda bo’ladi. Ba’zilarining dumi juda uzun. Tropik o’rmonlarda, butazorlarda, ayrim turlari tog’larda yashaydi. Kosasimon uya qurib, 1-2 ta tuxum bosadi. O’simlik urug’lari, mevalari, hasharotlar va ularning lichinkalari, o’rgimchaklar, mollyuskalar, kaltakesaklar, qurbaqalar, ba’zilari nektar bilan oziqlanadi. Pati bosh kiyim va kiyim-kechaklarni bezashda ishlatiladi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi qizil kitobiga 9 turi kiritilgan. Jannatqushlar: 1 — katta jannatqush; 2 — pashshatutar jannatqush; 3 — bokira jannatqush.