Jarinquduq botig’i

Jarinquduq botig’i – Ustyurt platosining shimoli-g’arbidagi botiq. Bir qismi O’zbekiston Respublikasi, qolgani Qozog’iston Respublikasi hududida joylashgan. Jarinquduq botig’i neogen (sarmat) ning oqaktosh, mergel jinslaridan tarkib topgan. Mutlaq balandligi shimoli-sharqida 72-73 metr. Nisbiy chuqurligi 3-5 metr. Uzunligi 60-65 kilometr, eni 12-14 kilometr. Tubi yassi tekislik, marzasimon balandlik va do’ngliklar mavjud, qatqaloq va po’rsildoq sho’rxoklar bilan band. Yer osti suvlari Jarinquduq botig’ida yuqoriga ko’tarilishi tufayli bug’lanish jarayonida tuz to’planadi. Grunt suvlarining sho’rligi holda 80— 100 gramm va undan ko’p, sulfat-xlorid turiga oid. Sho’r joylarda o’simlik o’smaydi, faqat botiqning chekkalarida bir yillik sho’ralar, sarisazan, qorabaroq, onda-sonda saksovul o’sadi.