Jafna, Vapanaya, Yapanaya
Jafna, Vapanaya, Yapanaya — Shri Lankadagi shahar va port, Jafna yarim orolida. Shimoliy provintsiyaning ma’muriy markazi. Qadimgi Tamil davlatining poytaxti bo’lgan. Aholisi 130 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari; aholisining soni jihatidan mamlakatda 2-o’rinda). Savdo markazi. Jafnadan mamlakat janubiga boruvchi temir yo’l va avtomobil magistral yo’li boshlanadi. Mamlakatning Hindiston va Myanma bilan iqtisodiy aloqalarining ancha qismi Jafna orqali olib boriladi. To’qimachilik, oziq-ovqat sanoati hamda qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlaydigan korxonalar bor. Baliq ovlanadi.