Magellan bulutlari

Magellan bulutlari – Galaktikamiz “somon yo’li”ning tabiiy yo’ldoshlari; bizga eng yaqin bo’lgan qo’shni ikkita (katta va kichik) galaktika. Ular tuzilishi bo’yicha noto’g’ri galaktikalar sinfiga kirib, fizik qo’shaloq sistema hisoblanadi. Osmonning Janubiy yarim sharida kuzatilib, kattasining ko’rinma o’lchami oydan =10 marta, kichiginiki esa <= 5 marta katta. F. Magellanning okeanlar bo’ylab sayohati daftarida tasvirlangan va uning nomini abadiylashtirish maqsadida shunday atalgan. Dastlab, ular kap bulutlari deb nomlangan.