Magnit milining enkayishi
Magnit milining enkayishi — magnit mili o’qi bilan gorizontal tekislik orasidagi vertikal burchak. Magnit milining enkayishi Yer magnit qutblarining yer chuqurligida joylashishi bilan bog’liq. Shimoliy yarim sharda magnit milining shimoliy uchi, Janubiy yarim sharda esa Janubiy uchi pastga enkayadi. Yer magnit qutblariga yaqinlashgan sari Magnit milining enkayishi oshib boradi va qutblarda 90° ga etadi. Magnit kompasining aniq ishlashi uchun Magnit milining enkayishining salbiy ta’sirini kamaytirish kerak. Bunga magnit milida joylashgan maxsus yukchani surish bilan erishiladi. Yer sharining sirtida Magnit milining enkayishining tarqalish ko’rsatkichi maxsus izoklin xaritalarda tasvirlanadi.