Madr, Mazr

Madr, Mazr — o’rta asrlarda Balx viloyatiga tobe shaharlardan biri; Xulm daryosi boshlanish erida joylashgan. Madr 7-8-asrlarda Toxaristonning Bomiyon bilan chegarasida joylashgan eng Janubiy shahri bo’lgan. “Hududul-olam”da Madr 10-asrda Andarob viloyatiga tegishli kichik shahar (Shahrak) deb qayd etilgan. Madr shahri hozirgi Hindukushdagi Okrabot dovonidan shimolda, Haybaqdan Bomiyonga boruvchi yo’lda joylashgan. Madr yaqinidan (Rui qishlog’i) Xulm daryosi vodiysi bo’ylab Buyuk ipak yo’lining asosiy yo’li o’tgan.