Vavellit
Vavellit (birinchi topgan U. Uey-Vell nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi A1,|on)31(RO4),]. 5N2O. Rombik singoniyali. Prizma shaklidagi ignasimon, tolasimon kristallar va elpig’ichsimon agregatlar. Rangi oq, yaltirashi shishasimon. Qattiqligi 4. Sof og’irligi 2,4. Vavellit oltin va Feruza konlari nurash zonasida hosil bo’ladi. Kam uchraydi. O’zbekistonda Ko’kpatos (Markaziy Qizilqum) va Feruza konida (Qurama tizmasi) topilgan. Vavellit Rossiya Federatsiyasi da Ural (Sisert), Angliyada (Sent-Ostell) va boshqa joylarda bor. Fosfor olinadigan ruda.