Vohondaryo

Vohondaryo — Afg’onistonning eng chekka shimoli-sharqidagi tog’ daryosi. Vahjir daryosining quyi qismi, Panj daryosining boshi. Uzunligi 220 kilometr. Vohondaryo Hindukush tizmasi Sharqiy tarmoqlarining shimoliy yon bag’rida 5000 metr balandlikdagi muzlikdan boshlanadi. Vohondaryoga Hindukush tizmasining shimol va Vohon tizmasining Janubiy yon bag’irlaridan ko’p irmoqlar qo’shiladi. Vohondaryo Tojikiston va Afg’oniston davlat chegarasi buylab oquvchi Pomir daryosi bilan qo’shilgandan so’ng Panj daryosi nomini oladi. Vohondaryo qoyali baland tog’lar orasidan tor vodiy (eni 1-2 kilometr)da oqadi.