Vonsan
Vonsan — KXDRdagi shahar, Kanvondo provintsiyasining ma’muriy markazi. Mamlakat sharqidagi, Yapon dengizi sohilidagi yirik dengiz porti va baliq ovlash bazasi. Aholisi 274 ming kishi (1989). Temir yo’l tuguni. Mashinasozlik (jumladan kemasozlik va vagonsozlik) zavodlari, oziq-ovqat, ko’n, tsellyuloza, kimyo, to’qimachilik, rangli metallurgiya korxonalari, bir qancha oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari bor.