Vonsovskiy Sergey Vasilevich

Vonsovskiy Sergey Vasilevich (1910.20. 8, Toshkent) — fizik olim, akademik (1966). Ilmiy ishlari metallar hamda yarimo’tkazgichlarning magnit va elektr xossalarini, ferromagnetizmni o’rganishga, o’tish metallari va qotishmalar uchun o’ta o’tkazuvchanlik nazariyasini yaratishga bag’ishlangan. Vonsovskiy ferromagnitlar qutb modellarini taklif qilgan va bu modellar asosida Kyuri nuqtasi yaqinidagi ferromagnitlarning umumiy nazariyasini ishlab chiqqan.