Vorkuta
Vorkuta — Rossiya Federatsiyasi Komi Respublikasidagi shahar (1943 yildan), Vorkuta daryosi bo’yida, qutb doirasidan 160 kilometr shimolda. Kotlas shahridan boradigan temir yo’lning oxirgi stansiyasi. Aholisi 117 ming kishi (1999). Pechora ko’mir havzasida ko’mir qazib chiqariladigan yirik markaz (vorkuta ko’mir kombinati bor). Vorkutada yog’och kombinati, mexanika, tuzatish-mexanika, qurilish materiallari (tsement, g’isht) va boshqa sanoat korxonalari bor. Drama va qo’g’irchoq teatrlari, telemarkaz ishlab turibdi. Vorkuta 1931 yil vujudga kelgan.