Uchqizil

Uchqizil — Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi qishloq, tuman markazi. Temir yo’l stantsiyasi, Termiz shahridan 20 kilometr uzoqlikda, Uchqizil suv ombori sohilida. Aholisi 13,8 ming kishi (2004). Paxta tozalash zavodi, 4 qo’shma, 6 kichik korxona, avtokorxona va boshqa sanoat va qurilish tashkilotlari, MTP, dehqon bozori bor. Umumiy ta’lim, bolalar musiqa va sport maktablari, kasbhunar kollejlari, litsey faoliyat ko’rsatadi. Markaziy kutubxona va uning shoxobchalari, madaniyat uylari aholiga xizmat qilmoqda. Stadion va boshqa sport inshootlari, sayyohlik maskani mavjud. Markaziy kasalxona, poliklinika, tez tibbiy yordam stansiyasi, dorixona, tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti (Toshkent shahri)ning “Uchqizil” filiali ishlab turibdi. Uchqizil — Termiz yo’nalishida avtobuslar qatnovi yo’lga qo’yilgan.