Usul ad-din
Usul ad-din (Arabcha — din asoslari, Islom asoslari) — Islom shariatik va dindan olingan e’tiqodiy hukmlarni bahs qiluvchi ilm. Bu ilm asosiy hisoblanib, boshqa diniy ilmlar unga ergashadi. Bu istiloqni birinchi bo’lib Abul Hasan al-Ash’ariy ishlatgan. U o’z kitobini “AlIbona an usul addiyona” deb nomlagan. Abul Qoxir al-Bag’dodiy al-Ash’ariy (1037 yil vafot etgan) “Usul addin”, allolkoiy (1026 yil vafot etgan) “Usul us-Sunna” kitobini yozgan. Aqoid masalalari dinning asli bo’lgani uchun bu ilmning faqat nomiga emas, o’ziga ham katta e’tibor berilgan. Musulmonlar uchun Usul ad-dinni o’rganish katta ahamiyatga ega bo’lgan, uni bilmagan odamning ibodati ham durust bo’lmasligi hammaga uqtirilgan. Hozirgi paytda, “Usul ad-din” istilohi kam qo’llaniladi, uning o’rniga “aqoid” so’zi ishlatiladi.