Ust
Ust-Kamenogorsk – Qozog’iston Respublikasining Sharqiy Qozog’iston viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Rudali Oltoy tog’lari etagida, Ulba daryosining Irtishga quyilish joyida. Irtish daryosidagi port. Temir yo’l chorrahasi. Aholisi 300,9 ming kishi (2002). Shahar 1720 yilda Ustkamennaya qal’asi sifatida vujudga kelgan. 1868 yildan Semipalatinsk viloyatining uezd shahri. 1932 yilda Sharqiy Qozog’iston viloyatida, 1939 yildan viloyat markazi. Rangli metallurgiya (qo’rg’oshinrux, titanmagniy kombinatlari), mashinasozlik va metallsozlik (konshaxta jixrzlari, kondensatorlar, priborlar ishlab chiqarish yetakchi o’rinda. Tsement, g’isht, uysozlik, temir-beton buyumlar zavodlari, qurilish materiallari kombinati ishlab turibdi. Oziq-ovqat (go’sht, sut, vinoaraq kombinatlari, moyekstraktsiya va pivo zavodlari), engil sanoat korxonalari bor. Shahar yaqinida Ustkamenogorsk suv ombori, Ustkamenogorsk GES qurilgan. 2 oliy o’quv yurti, drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi faoliyat ko’rsatadi.