Uchlanma nuqta

Uchlanma nuqta (termodinamikada) — moddaning holat diagrammasit undagi 3 faza — qattiq, suyuq va gazsimon fazalarining turg’un muvozanat holatiga mos keladigan temperatura va bosimni ifodalovchi nuqta. Gibbsning fazalar qoidasiga ko’ra, kuzatilayotgan moddaning muvozanat holatida uchtadan ortiq fazalar bo’lishi mumkin emas. Agar modda uchta emas, balki undan ko’p fazalarda mavjud bo’lishi mumkin bo’lsa, bunday moddaning holat diagrammasida bir necha Uchlanma nuqta bo’lishi mumkin. Masalan, suv uchun bitta Uchlanma nuqta bosim 610 Pa [4,58 mm sim. ust.] va temperatura 0,008°S [273,15 K] bo’lgan nuqtada kuzatiladi. Bunda muz, suv va suv bug’i o’zaro muvozanatda bo’ladi. Suvning Uchlanma nuqta temperaturasi T=273,15 K termodinamik temperatura shkalasining reper nuqtasi hisoblanadi. Turli moddalar uchun Uchlanma nuqtada temperatura va bosim turlicha bo’ladi. 2000 ATM va undan ortiq bosimlarda hamda temperatura 20° dan past bo’lgan sharoitda suv bilan birga uning holati — muz (kristall)ning 5 dan ortiq fazalarini kuzatish mumkin. Shuning uchun ayrim Uchlanma nuqtalarda 3 xil kristall fazalar o’zaro muvozanatda ham bo’ladi.