Umirbek laqqi
Umirbek laqqi — qoraqalpoq xalq latifalarining qahramoni. Umirbek 19-asrning 2-yarmida o’tgan tarixiy shaxs bo’lib, Chimboy shahri yaqinidagi ovulda yashagan. “Laqqi” uning xalq qo’ygan laqabi. Qoraqalpoq xalqining og’ir qismati 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida yaratila boshlagan dostonlarda va Umirbek nomi bilan bog’liq latifalarda o’z aksini topgan. Bu latifalarda hazilkashlik, topqirlik, ba’zan esa hiylakorlikni ifodalovchi hangomalar Umirbek laqqi nomidan hikoya qilinadi. Uning nomi bilan bog’liq latifalar “Qoraqalpoq xalq afsonalari ham latifalari” to’plamida bosilib chiqqan (1962). Rus tilida “anekdoti Omirbeka” (“Umirbek latifalari”) to’plami nashr etilgan (1977). “Ogonyok”, “Krokodil”, “Mushtum” va boshqa jurnallarda bunday latifalardan namunalar berib borilgan. Nukus drama teatrida “Umirbek laqqi” komediyasi sahnalashtirilgan.