Urchuq, DUK

Urchuq, DUK — tolalardan qo’lda yoki mashinada ip yigirish va pishitish uchun muljallangan moslama yoki qurilma; yigirishpishitish mashinalarining asosiy ish organi. Sharq mamlakatlarida qo’l Urchuq qadimdan qo’llanilgan, mashina Urchuqlari 18-asr 2-yarmida paydo bo’lgan. Qo’l Urchuq yog’ochdan uzunchoq, oval shaklida yasalgan moslama bo’lib, ip yigiruvchi uni qo’lda aylantirib turgan. Shunda tolalar (paxta, jun va boshqalar) birbiriga ilashib, cho’zilib va buralib ingichka ipga aylangan. Mashina Urchuqlari patron, shpul va g’altak kiydirib qo’yiladigan murakkab geometric shaklli po’lat shpindel. Kalava ip, pilta va iplarni pishitish (burash) hamda ma’lum o’lcham va shaklda o’ramlar hosil qilishga muljallangan yigirish va pishitish mashinalarida qo’llanadi. Urchuqning tabiiy tolalar (paxta, jun, zig’ir va boshqalar) va kimyoviy tolalar uchun muljallangan turlari bor. Ko’pchilik Urchuqlar egiluvchan (tasmali) uzatma, ba’zilari vintli g’ildiraklar bilan harakatlantiriladi. Kimyoviy tolalarni yigirish uchun muljallangan Urchuqlar elektr dvigatel bilan aylantiriladi. Gilam to’qish, arqon eshish uchun yaraydigan yo’g’on iplar tayyorlashda kush buramli Urchuqlar qo’llanadi.