Urug’don
Urug’don — odam va hayvonlar erkagida urug’hujayralar — spermatozoidlar shakllanadigan jinsiy bezlar. Urug’don juft, ba’zan toq bo’ladi. Bo’shliqichlilar, g’ovaktanlilar va boshqa sodda tuzilgan ko’p hujayralilar Urug’doni jinsiy hujayralar yig’indisidan iborat bo’lib, urug’hujayralari tana devorini yorib (stsifoid meduzalar, korall poliplar) yoki tana bo’shlig’idan og’iz teshigi orqali tashqariga chiqariladi. Yassi chuvalchanglar Urug’doni mayda pufakchalar shaklida. Bo’g’imoyoqlilar Urug’doni juft bo’lib, shakli va tuzilishi har xil. Bosh skeletsizlar Urug’doni 25 juftga yaqin, alohida chiqarish yo’li bo’lmaydi. Ko’pchilik umurtqalilarda Urug’don qorin bo’shlig’ida simmetrik joylashgan. Ko’pchilik sut emizuvchilarda (bir teshiklilar, hasharotxo’rlar, chalatishlilar, xartumlilar, damanlar, sirenalar, kurakoyoklilar, kitsimonlardan tashqari) Urug’don moyak xaltasida o’rnashgan. Ba’zi sut emizuvchilar (masalan, ko’pchilik kemiruvchilar)da Urug’don moyak xaltasiga faqat urchish davrida tushadi, keyin yana qorin bo’shlig’iga ko’tariladi. Odam urug’doni ellipssimon shaklga ega.