Usmonov Fayzulla Asadullayevich

Usmonov Fayzulla Asadullayevich (1935.30.4, Toshkent) — geolog olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995). O’zbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Geologiya va mineralogiya fanlari Doktori (1979). O’rta Osiyo politexnika institutini (1957), Toshkent universitetini tugatgan (1969). O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Geologiya va geofizika institutida ilmiy xodim va guruh rahbari (1957-84), bo’lim mudiri (19841992), institut direktori (1992-2001), shu institutda matematik Geologiya laboratoriya mudiri (1992 yildan). Ilmiy faoliyati geologik tadqiqotlarni matematikalashtirish va kompyuterlashtirishga qaratilgan. Usmonov E.E.Rahimova bilan hamkorlikda birinchi marta yer yo’ldoshlaridan olingan ma’lumotlar bo’yicha geologik ob’yektlarda minerallarni miqdoriy aniqlashning nazariyasi va uslublarini yaratdi. Usmonov statistik nazariy tahlil asoslarini va konlarni bashorat qilish uchun yangi matematik usullar tavsiya qildi va ular asosida kompyuter dasturlar majmuasini va “Geoanaliz” nomli kompyuter axborot tizimini yaratdi. Usmonov O’zbekiston Geologlari milliy qo’mitasining vitse-prezidenti, “Geologiya va mineral resurslar” jurnali bosh muharriri. As: Osnovi matematicheskogo analiza geologicheskix struktur, T., 1977; Matematicheskie metodi v regionalnoy geologii i metallogenii, T., 1984.