Uzzol

Uzzol (Arabcha — pastga sakrash, tushish) — o’n ikki maqom va Shashmaqom tarkibida ma’lum sho’ba nomi. Unda kuy harakatida 4 — 5 pog’ona pastga qo’qqisdan sakrash (tushish) ro’y beradi. Uzzolning dastlabki kuy tuzilishi haqida ma’lumot yo’q. Musiqa risolalarida uning kvinta diapazonidagi tovush qatorigina keltirilgan. Shashmaqomda Buzruk maqomining birinchi guruh sho’balari orasida “talqini Uzzol”, “Nasri Uzzol”nomli sho’balar va “Ufari Uzzol” qismi mavjud. Ular juda yokimli va jozibali ashula yo’llari bo’lib, boshlanish jumlasida kuy kvartagacha pastga sakraydi. Xorazm maqomlarida esa bu harakat pogonama-pog’ona tushiriladi. Uzzol sho’balari va Ufari daromad, Miyonxat hamda tushirim qismlaridan tarkib topgan, 3 turli doira usulida ijro etiladigan bir xil ashula yo’lidir. Uzzol namud sifatida ham ko’puchraydi. Namudi Uzzol Buzruk va rost maqomlarining turli sho’balarida, shuningdek, yirik shakldagi mumtoz kuy va ashulalarda, bastakorlar ijodida ham keng qo’llanilgan. Uyg’urlarda O’zhol deb nomlanib, kuy tuzilishi Shashmaqomdagi Uzzoldan butunlay farq qiladi.