Umesh Mehra

Umesh Mehra (1953.6.8, Dexli) hind kino rejissyori. “Iglfilmz” studiyasining asoschisi F.S.Mehraning o’g’li. “Meniki—seniki” (1977) filmi uning birinchi mustaqil ishidir. “Notinchlik”, “sening quchog’ingda”, “Alanga”, “Nobud”, “Qasam”, “Vardi”, “Guru”, “mazlum”, “daydi oshiq”, “Bag’ri tosh yor”, “eng katta raqqosa”, “Raqqosalarning raqqosasi”, “qal’a”, “Xalqaro raqqosa”, “bu muhabbatdir” kabi filmlari bilan hind kinosi rivojiga munosib hissa qo’shdi. Umesh Mehra “O’zbekfilm” bilan hamkorlikda filmlar (“Alibobo va qirq qaroqchi”, “Sevgi afsonasi”, “ovchi”) ishlagan. O’zbekistonda chiqadigan hind filmi haqida hikoya qiluvchi “Filmz” jurnalining ikkinchi bosh muharriri.