Makapagal (Macapaga) Arroyo Gloriya xonim
Makapagal (Macapaga) Arroyo Gloriya xonim (1948, Manila) — Filippin davlati arbobi. Vashingtondagi Jorjtaun hamda Ateneo de Manila universitetlarini tugatgan. Falsafa fanlari Doktori. Dastlab Esampshen kollejida o’qituvchi, so’ngra Ateneo de Manila untida professor assistenti, Filippin universitetida kata o’qituvchi. 1986-92 yillarda Filippin savdo va sanoat vazirligi kotibi assistenti. 1992 yildan Filippin parlamenti yuqori palatasi a’zosi, 1998-2000 yillarda Filippin Respublikasi vitse-prezidenti, ayni vaqtda ijtimoiy ta’minot va taraqqiyot vaziri, 2001 yil 20 yanvardan Filippin Respublikasi Prezidenti.
O‘xshash so‘zlar
- Makarenko Anton Semyonovich 1888
- MAKARON MAHSULOTLARI
- Makaron sanoati
- Makarov Pavel Leontevich
- MAKASAR BO’G’OZI
- MAKEDON SULOLASI
- Makedon tili
- Makedoniya











