Uzuntovonlilar

Uzuntovonlilar (Tarsiidae) chalamaymunlar oilasi. Bitga urug’i, 3 turi: Filippin Uzuntovonlilari, g’arbiy Uzuntovonlilar, Sharq Uzuntovonlilari bor. Dumi (uzunligi 13-27 santimetr) junsiz. Ayrim anatomik belgilariga ko’ra maymunlarga o’xshaydi. Boshi katta, 180° gacha burilishi mumkin. Ko’zlari juda katta, sarg’ish. Orqa oyoqlari oldingisiga nisbatan uzunroq. Tovon suyagi uzun (nomi shundan). Barmoqlari uzun, uchki qismida yostiqchasi bor. Malayya arxipelagi orollari yaqinida tarqalgan. Daryolar bo’yidagi butalar orasida yashaydi. Sakrab harakatlanadi. Tunda, daraxtlarda hayot kechiradi. Juft yoki yakka bo’lib yashaydi. Hasharotlar, o’rgimchaklar, kaltakesaklar bilan oziqlanadi. 1 ta bola tug’adi. Tutqunlikda ko’paymaydi. Barcha turlar xalqaro qizil kitobga kiritilgan.