Uyshun, usun, uysun
Uyshun, usun, uysun — qadimgi turkey qabilalardan biri. 3 ta uruqqa (o’choqli yoki uchoqti, Qo’shtamg’ali va erganakli) bo’lingan. Miloddan avvalgi 3-asrga oid Xitoy manbalarida tilga olingan. Bu vaqtda Uyshunlar Xitoyning shimoliy g’arbida yashashgan. Umumiy soni 63 ming kishi bo’lib, chorvachilik (asosan. yilqichilik) bilan shug’ullangan. O’zaro nizolar natijasida Uyshunlarning katta qismi (4 ming uyli Uyshunlar) miloddan avvalgi 2-asr o’rtalarida Yettisuv va Tyanshanga kelib o’rnashishgan. Turk xoqoshshgiga Birlashgan va u yemirilgach, O’rta Osiyo va Qozog’iston yerlaridagi ilk davlatlar tarkibiga qabila birligi sifatida kirgan. 19-asrning oxiri — 20-asrning boshlarida Uyshunlar o’zbek, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, boshqird, no’g’ay, xalqlarining tarkibida bo’lgan.